Samsung Galaxy S27 seriyasi qanday narxda chiqadi

12-oktabr 2026 09:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 seriyasi qanday narxda chiqadi
Foto: Asif Shaik / SamMobile

Samsung kompaniyasi 2027-yilda taqdim etishi kutilayotgan yangi Samsung Galaxy S27 seriyasi narxlarini $75 – 100 ga oshirishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya OAVga tayanib SamMobile xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, narx oshishining asosiy sababi xotira chiplari tannarxining keskin ko‘tarilishi va bu Samsung mobil biznesining rentabelligiga bosim o‘tkazayotganidir.

Galaxy S27 yana qimmatlashishi mumkin

Samsung joriy Galaxy S26 seriyasining narxlarini ham bir qator bozorlarda oshirgan. Hatto kompaniyaning ichki bozori – Janubiy Koreyada ayrim flagmanlar $200 gacha qimmatlashgan.

Endilikda Galaxy S27 oilasi ham qo‘shimcha $75 – 100 ga qimmatlashishi mumkin. Biroq bu o‘sish Galaxy S26’ning dastlabki narxlariga nisbatanmi yoki keyinchalik yangilangan narxlarga qo‘shiladimi – hozircha aniq emas.

Sabab — xotira chiplari narxining oshishi

Manbalarga ko‘ra, smartfon ishlab chiqaruvchilar xotira chiplarini tobora yuqori narxda sotib olmoqda.

Bu holat Samsung’ning mobil bo‘linmasi xarajatlarini oshirib, foyda marjasiga bosim qilmoqda. Narxlarni ko‘tarish kompaniyaga xarajatlarning bir qismini qoplash imkonini berishi mumkin.

Samsung ishlab chiqarishni ham qisqartirishi mumkin

Kompaniya xarajatlarni kamaytirish uchun smartfon ishlab chiqarish hajmini ham qayta ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Samsung 2026-yilning to‘rtinchi choragida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan qariyb 30% kamroq smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirishi mumkin.

Bu chora ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mobil biznes rentabelligini saqlab qolishga qaratilishi mumkin. Hozircha Samsung Galaxy S27 seriyasining narxlari yoki taqdimot sanasini rasman e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng foydali smartfonlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek