
Honor Win 2 smartfoni rasmiy taqdimotdan oldin namoyish etildi. Qurilmaning tashqi ko‘rinishi va ayrim texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
2K ekran va ingichka ramkalar
Honor Win 2 tekis 2K displey bilan jihozlanishi mumkin. Ekran atrofi bir xil darajada ingichka ramkalarga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Buning uchun Honor o‘zining Skyline displey qadoqlash texnologiyasidan foydalanadi. Ushbu yechim ekran chetlaridagi qora zonalarni kamaytirishga xizmat qiladi.
RGB yoritish va katta kamera bloki
Smartfonning orqa panelida yirik gorizontal kamera bloki joylashadi.
Unga halqa ko‘rinishidagi RGB yoritish tizimi o‘rnatilishi kutilmoqda. Korpusda qizil dekorativ chiziq ham bo‘ladi.
Honor Win 2 qizil-ko‘k ranglar uyg‘unligida targ‘ib qilinishi va bu dizayn qurilmaning o‘yinlarga yo‘naltirilganini ta’kidlashi mumkin.

Faol sovitish ventilyatori o‘rnatiladi
Yangi modelning muhim xususiyatlaridan biri ichki faol sovitish ventilyatori bo‘lishi mumkin.
U uzoq davom etadigan o‘yinlarda qurilmaning qizib ketishini kamaytirish va yuqori unumdorlikni barqaror saqlashga yordam beradi.
Batareya sig‘imi 12 000 mA/soatga yaqin
Insayder ma’lumotiga ko‘ra, Honor Win 2’ning muhandislik namunasida taxminan 12 000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan.
Hozircha protsessor, kameralar, quvvatlash tezligi va narx bo‘yicha ma’lumotlar ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor Power 3 7 dyuymli OLED ekran bilan chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.