Signal ovozi hech tugamaydi: MrBeast Samarqandda qanday kutib olindi — video

12-oktabr 2026 10:36 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com

Amerikalik mashhur bloger Jimmi Donaldson – MrBeast Samarqandga tashrifi davomida muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bloger Instagram sahifasida shahar ko‘chalari va mehmonxona atrofida uni kutib olgan odamlar aks etgan videolarni ulashdi.

O‘zbekistondagi muxlislar aql bovar qilmas

MrBeast videolardan birida O‘zbekistondagi muxlislarning faolligidan hayratlanganini aytdi.

«Rostini aytsam, O‘zbekiston men ko‘rgan eng ashaddiy muxlislar bazasiga ega bo‘lishi mumkin. Bu aql bovar qilmas holat», – dedi u.

Blogerning aytishicha, ayrim paytlarda ko‘chada erkin harakatlanish ham qiyinlashgan. U mashina ortidan ko‘plab muxlislar ergashib kelganini ko‘rsatgan.

«Menimcha, bu yerda mingdan ortiq odamlar bor. Ular shunchaki mashinamiz ortidan ergashib kelishyapti», – dedi MrBeast.

Politsiya ham yordamga kelgan

Bloger videoda muxlislar ko‘pligi sabab yo‘lda harakatlanish qiyinlashganini ham aytdi.

«Signal ovozi hech tugamaydi. O‘zbekiston, sizlar juda qattiq harakat qilasizlar», – dedi bloger.

MrBeast vaziyatni hazil bilan izohlab, uning tashrifi shaharda ortiqcha shovqin va tirbandlik keltirib chiqarmayotganidan umid qilishini aytdi.

Mehmonxona oldida ham muxlislar kutdi

MrBeast yana bir videoda rafiqasi bilan liftda pastga tushayotganini va mehmonxona oldida ko‘plab odamlar yig‘ilganini ko‘rsatdi.

Eshik ochilgach, bloger olomonni ko‘rib hayratini yashirmadi. U muxlislar bilan suratga tushib, ularni Instagram Stories’iga ham joyladi.

«Keling, suratga tushamiz. Sizlar mening Instagram hikoyamda bo‘lishingiz mumkin», – dedi MrBeast.

Bloger Samarqanddagi tashrifidan lavhalarni rasmiy Instagram sahifasida ulashishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MrBeast Toshkentda muxlislariga pul tarqatgani haqida video e’lon qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u uch nafar muxlisiga 100 mln so‘mdan pul mukofoti topshirgani aks etgan.

Tarqalgan videolarga ko‘ra, MrBeast Toshkentdagi muxlislar bilan uchrashuv doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda uch nafar ishtirokchini pul mukofoti bilan taqdirlagan.

Shuningdek