
Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi 12-oktabr kuni O‘zbekistonning «Neftchi» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. OFK Chempionlar Ligasi Elit bosqichidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.
«Neftchi» Ronalduning jamoasiga qarshi
Uchrashuv Ar-Riyoddagi «Al-Awwal Park» stadionida bo‘lib o‘tadi. «Al-Nassr» musobaqaning dastlabki turida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Farg‘onaning «Neftchi» klubi ilk o‘yinidan uch ochko olgan.
Shu sababli bugungi bahs har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. «Al-Nassr» tarkibida jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu to‘p suradi.
«Paxtakor» ham bugun maydonga tushadi
12-oktabr kuni O‘zbekistonning yana bir klubi — «Paxtakor» ham OFK Chempionlar Ligasi Elit doirasida o‘yin o‘tkazadi.
Toshkent klubi Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» jamoasini qabul qiladi. Bahs «Paxtakor» markaziy stadionida soat 18:45 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.