Messi «Barselona»ga qaytishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladigan xayrlashuv marosimida qatnashadi
Messi italyan va katalon ildizlariga ega
Foto: depositphotos

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Lionel Messi taxminan bir yarim yil ichida «Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladigan xayrlashuv marosimida qatnashadi. Bu haqda klubning sobiq boshqaruv kengashi a’zosi Toni Freysha ma’lum qildi.

«Bir yarim yil ichida «Kamp Nou» stadionida Leo Messi bilan xayrlashuv marosimi o‘tkaziladi. Bu allaqachon tasdiqlangan», – dedi Freysha.

Hozircha marosim doirasida Messining «Barselona» safida rasmiy yoki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi ma’lum emas. Shuningdek, tadbirning aniq sanasi va formati haqida ham batafsil ma’lumot berilmagan. Freyshaning bayonoti klubning rasmiy e’loni bilan bir xil emas.

Messi «Barselona»ni qachon tark etgan

Lionel Messi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2004 – 2021-yillarda klubning asosiy jamoasida o‘ynagan. U kataloniyaliklar safida Ispaniya chempionatida 10 marta, Chempionlar ligasida esa to‘rt marta g‘olib chiqqan.

2021-yilda klubning moliyaviy muammolari sabab argentinalik futbolchi «Barselona»ni tark etib, Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tgan. 2023-yildan buyon esa AQShning «Inter Mayami» jamoasida to‘p surmoqda. Uning Amerika klubi bilan shartnomasi 2028-yil oxirigacha amal qiladi.

2025-yil noyabrida Messi «Kamp Nou» stadioniga tashrif buyurganidan keyin bir kun kelib futbolchi sifatida xayrlashish uchun qaytish umidini bildirgan edi. Shu sababli bo‘lajak marosim uning «Barselona» bilan munosabatlariga yakun yasash imkonini berishi mumkin.

Avvalroq futbolchi Krishtianu Ronaldu Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messining xayrlashuv postiga izoh qoldirgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek