O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zgardi

eʼlon qilindi
Botir Kudratxodjayev mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi
O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘zgardi
Chapda Botir Kudratxodjayev, o‘ngda Shuxrat Xalmuxamedov / Kollaj: Sapura Temirxanova / Kursiv Uzbekistan

Prezident farmoni bilan Botir Kudratxodjayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi. U bu lavozimda Shuxrat Xalmuxamedov o‘rnini egalladi.

Kudratxodjayev nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullangan

Botir Kudratxodjayev mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishidan avval uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Shundan so‘ng prezidentning tegishli farmoni bilan u mudofaa vaziri qilib tayinlandi.

Xalmuxamedov lavozimidan ozod etildi

Prezidentning boshqa farmoni bilan Shuxrat Xalmuxamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

Xalmuxamedov mudofaa vaziri lavozimida 2024-yil noyabridan buyon ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident farmoni bilan Doniyor Qodirov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Qodirov yangi lavozimda Erkinjon Turdimovning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Turdimov 9-oktabr kuni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlangach, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.

Shuningdek