O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 4,6 foizga oshdi

13-oktabr 2026 14:40 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
O‘zbekistonda AI-95 benzini Markaziy Osiyodagi eng qimmat narxda sotilmoqda
Foto: Autonews.ru

2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 811,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6% ko‘p.

Dizel ishlab chiqarish 834 ming tonnadan oshdi

Sakkiz oy davomida mamlakatda 834,3 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, neft qazib olish hajmi 425 ming tonnani, gaz kondensati esa 648,3 ming tonnani tashkil etdi.

24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olindi

Yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda 24,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olingan.

Ko‘mir qazib olish hajmi esa 4,4 mln tonnani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, qo‘mita sentabr oyida benzin narxlari o‘rtacha 1,2 foizga oshganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, AI-92 markali benzin 0,7%, AI-95 — 4,2%, AI-98 va AI-100 esa 0,4 foizga qimmatlashdi.

Propan narxi bir oyda 4,2 foizga oshdi. Metan narxida esa o‘zgarish kuzatilmadi. Yillik hisobda propan 48,9%, benzin o‘rtacha 20,1% qimmat bo‘lgan.

Shuningdek