Janubiy Koreyadagi pichoqbozlikda sakkiz kishi jarohatlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Inchxondagi savdo markazida sodir bo‘lgan hujumdan so‘ng 59 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Janubiy Koreyadagi pichoqbozlikda sakkiz kishi jarohatlandi
Foto: EPA

Janubiy Koreyaning Inchxon shahridagi savdo markazida pichoq bilan hujum sodir etildi. Hodisa oqibatida sakkiz kishi jarohatlandi, deb xabar berdi BBC mahalliy OAV va politsiya ma’lumotlariga tayanib.

Inchxon Namdong politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 59 yoshli gumonlanuvchi seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:40 atrofida hujum qilgan. Uning ikki qo‘liga ham pichoq mahkamlangani aytilmoqda.

Hujum savdo markazidagi eskalatorda boshlangan

Voqea Janubiy Koreyadagi yirik chegirmali supermarket tarmoqlaridan biri – Homeplus joylashgan binoda sodir bo‘lgan.

Mahalliy OAVga ko‘ra, gumonlanuvchi Homeplus joylashgan qavatdan eskalatorda harakatlanayotgan paytda odamlarga hujum qila boshlagan. Keyinchalik u foot-kort hududida ham odamlarga pichoq bilan tashlangan.

Hujumchini voqea joyidagi fuqarolar stullar yordamida to‘sib, harakatini cheklagan. Shundan so‘ng politsiya uni qo‘lga olgan.

Jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketildi

Jarohatlangan sakkiz kishining olti nafari ayol, ikki nafari erkak bo‘lgan. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanuvchilardan birida yurak faoliyati to‘xtashi qayd etilgan, qolganlar esa asosan orqa va yelka sohalaridan jarohat olgan.

Hodisa sabab binoning birinchi qavatida vaqtinchalik shoshilinch tibbiy yordam markazi tashkil etilgan.

Gumonlanuvchining avval ham sudlangani aytilmoqda

Mahalliy xabarlarga ko‘ra, hujum vaqtida gumonlanuvchi elektron kuzatuv bilaguzugini taqib yurgan.

U ilgari sobiq turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan hujum qilgani uchun qotillikka urinishda ayblanib, to‘rt yil qamoqda o‘tirgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, u o‘tgan oy Inchxondagi shifoxona oldida yakka tartibda norozilik aksiyasi o‘tkazib, yonida pichoq olib yurgani yuzasidan ham politsiya e’tiboriga tushgani aytilgan. Hozirda politsiya hujum sabablarini aniqlamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Koreyadagi yirik banklar kiberhujumga uchragani haqida yozgan edi.

Shuningdek