Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ozarbayjon poytaxti Bakuga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Bakuda kimlar bilan uchrashadi
Tashrif Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ham qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash – Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro muloqot maydonidir.
Avvalroq Bakuda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sammitida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.