Amerikalik grossmeyster Nakamura Gukesh va Sindarovni imkoniyatlarini solishtirdi

eʼlon qilindi
Nakamura Gukeshning imkoniyatlarini yuqori baholadi
Amerikalik grossmeyster Nakamura Gukesh Sindarovni imkoniyatlarini solishtirdi
Foto: SI / Kursiv Uzbekistan

Amerikalik grossmeyster Hikaru Nakamura 2026-yilgi jahon chempionligi uchun bahsda amaldagi chempion Gukesh Dommaraju o‘zbekistonlik Javohir Sindarovni yengishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, buning uchun Gukesh avvalgi formasini tiklashi va psixologik bosimdan xoli o‘ynashi kerak.

Nakamura Gukeshning imkoniyatlarini yuqori baholadi

Nakamuraning aytishicha, Gukesh hozir katta bosim ostida emas, chunki ko‘pchilik Sindarovni favorit sifatida ko‘rmoqda.

«Menimcha, Gukesh bosimni his qilmayapti. Hamma uning yutqazishini kutmoqda, Sindarov esa juda kuchli o‘ynamoqda. Agar Gukesh avvalgi formasini qaytara olsa, u g‘alaba qozonadi», – dedi Nakamura.

Shuningdek, u Gukesh uchun psixologik tayyorgarlik muhim bo‘lishini ta’kidladi.

«Agar u atrofdagi shov-shuvlardan o‘zini chetga ola olsa, ko‘pchilikni hayratda qoldirishi mumkin», – dedi grossmeyster.

Jahon chempionligi bahsi Jenevada bo‘lib o‘tadi

Gukesh Dommaraju va Javohir Sindarov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsi Shveysariyaning Jeneva shahrida 22-noyabrdan 12-dekabrgacha o‘tkaziladi.

Ochilish marosimi 22-noyabrga rejalashtirilgan. Birinchi klassik partiya 24-noyabr kuni boshlanadi. Agar asosiy bahsda g‘olib aniqlanmasa, tay-breyk 12-dekabr kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi jahon chempionati formati tasdiqlangandi.

Shuningdek