Energetika sohasiga 35 mlrd dollar investitsiya kiritildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Yashil» energiya ulushi 31 foizga chiqdi
Energetika sohasiga 35 mlrd dollar investitsiya kiritildi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘n yil energetika sohasiga 35 mlrd dollar investitsiya kiritildi. Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Davlat rahbari energetikani taraqqiyotning yuragi deb atab, barqaror energiya ta’minoti tadbirkorlar sarmoyasi va aholining ertangi kunga ishonchi uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Sohaga $35 mlrd sarmoya jalb qilindi

Prezidentning qayd etishicha, o‘n yil avval sohadagi muammolarni bartaraf etish, eskirgan quvvatlarni yangilash va ortib borayotgan talabni qoplash bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Shu maqsadda energetika bozori xususiy sarmoya uchun ochildi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etildi.

O‘tgan davrda sohaga jami $35 mlrd investitsiya kiritildi. Energetika yo‘nalishida hamkorlik qilayotgan davlatlar soni 2-3 tadan 10 tadan ortiqqa yetdi.

«Yashil» energiya ulushi 31 foizga chiqdi

Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga yetdi.

Mamlakatdagi «yashil» quvvatlar hajmi 11,1 gigavattni tashkil etmoqda. Shuningdek, aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2,3 ming kVt·soatga yetgan.

$4,7 mlrdlik oltita loyiha bo‘yicha bitim imzolandi

Ochiq muloqot doirasida umumiy qiymati $4,7 mlrd bo‘lgan oltita yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi.

Ular doirasida 3 ming MW yangi generatsiya quvvati va 400 MW energiya saqlash quvvati yaratilishi rejalashtirilgan.

Prezident yangi loyihalar energetika tizimining barqarorligini oshirish, iqtisodiyotning o‘sib borayotgan talabini qoplash va xususiy investitsiyalarni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek