Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Mamlakatda 3,8 million xonadon ushbu yoqilg‘idan foydalanadi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini 2027-yilda butun respublika bo‘ylab xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Hozir mamlakatda 3,8 million xonadon ushbu yoqilg‘idan foydalanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar bilan o‘tkazilgan yoqilg‘i-energetika sohasidagi ochiq muloqotda aytdi.

Andijonda xususiy sektor ishtirokidagi loyiha boshlangan

Hozirga qadar davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Xususan, tadbirkorlar ishtirokidagi tajriba loyihasi Andijon viloyatida boshlangan. 2027-yilda ushbu amaliyotni mamlakatning barcha hududlariga kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlar davomida gaz ta’minotining uzluksizligi, xavfsizlik va aholiga xizmat ko‘rsatish sifati eng muhim mezonlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Yoqilg‘i ishlab chiqarish va qayta ishlash loyihalari

Prezident Qashqadaryodagi sintetik suyuq yoqilg‘i majmuasida yiliga 1,5 million tonnagacha yoqilg‘i va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilayotganini ham qayd etdi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida polietilen, polipropilen va PET mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan MTO loyihasini amalga oshirish, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev investorlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar tizimini yangi bosqichga olib chiqish, energetika sohasidagi muammolarni ochiq muhokama qilib, ularni hal etish zarurligini ta’kidlagandi.

Shuningdek