Mirziyoyev O‘mon, Xitoy, Turkiya va BAAning yetakchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Muzokaralarda energetika, infratuzilma, logistika, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi
Mirziyoyev O‘mon, Xitoy, Turkiya va BAAning yetakchi kompaniya rahbarlari bilan uchrashdi
Foto: prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida O‘mon, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Muzokaralarda energetika, infratuzilma, logistika, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘mon bilan quyosh energetikasi loyihalari

Prezident O‘monning Voltamp Energy kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Tomonlar quyosh elektr stansiyalarini qurish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi amaldagi va yangi loyihalarni «Yo‘l xaritasi» asosida amalga oshirishga kelishildi.

Xitoy kompaniyalari yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Xitoyning CAMCE, China Energy va Sinoma Energy kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashdi.

Muzokaralarda qayta tiklanuvchi energetika, energiya saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va suv ta’minoti yo‘nalishlaridagi loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Andijon viloyatida logistika xabi tashkil etish, agrovoltaikani rivojlantirish va neft-gaz sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi bilan loyihalar jadallashtiriladi

Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Turkiyaning «Aksa Enerji» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Jamil Kazanchi bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va texnologik modernizatsiya qilish loyihalarida kompaniya ishtirokini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunida aniq loyihalar bo‘yicha ishlarni tezlashtirishga kelishildi.

BAA kompaniyalari bilan «yashil» energetika muhokama qilindi

Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamil Al-Ramahiy va AMEA Power raisi Husayn Al Novays bilan ham muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda yil boshidan buyon O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo hajmi 40% oshgani qayd etildi.

Tomonlar «yashil» energetika, zamonaviy infratuzilma, energetika tarmoqlari, sanoat kooperatsiyasi, turizm va xizmatlar sohasidagi loyihalarni kengaytirish hamda jadallashtirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Saudiya, Ozarbayjon va Turkiya bilan energetika loyihalarini kengaytirishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek