20-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi
Respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat ayrim joylarda 28 darajagacha ko‘tariladi
20-oktabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

20-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo, asosan, quruq bo‘ladi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, barcha hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol aksariyat hududlarda sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda 25 darajagacha iliq bo‘ladi

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 10–12 daraja, kunduzi esa 23–25 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Janubda harorat 28 darajagacha ko‘tariladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 7–12 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa kechasi 7–12 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘ladi.

Ustyurtda harorat 0 darajaga yaqinlashadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 2–7 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurtning ayrim joylarida harorat 0–2 darajagacha tushishi mumkin.

Kunduzi esa 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 5–10 daraja, cho‘l hududlarning ayrim joylarida esa 1–3 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi harorat 20–25 darajani tashkil etadi.

Tog‘larda 13–18 daraja

Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechasi 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 19-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek