Parij va Nitssaning ayrim hududlarida komendantlik soati joriy etildi

eʼlon qilindi
Fransiyada yashash xarajatlari va hukumat siyosatiga qarshi namoyishlar hafta oxirida tartibsizlik va talon-torojlarga aylandi
Parij va Nitssaning ayrim hududlarida komendantlik soati joriy etildi
Foto: Camilla Baronetto/LiveMedia

Fransiya hukumati hafta oxiridagi tartibsizliklardan so‘ng Parij, Nitssa va yana bir qator shaharlarda qisman komendantlik soati joriy etdi. Cheklovlar dushanba oqshomidan kuchga kirgan. Bu haqda DW xabar berdi.

Namoyishlar yashash xarajatlarining oshishi va hukumat siyosatiga qarshi noroziliklar fonida boshlangan. Dam olish kunlari ayrim shaharlarda namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlar, do‘konlarni talash va vayronagarchiliklarga aylangan.

Cheklovlar bir nechta shaharda joriy qilindi

Parijning ayrim hududlarida tungi namoyishlar taqiqlandi va harakatlanishga vaqtinchalik cheklovlar qo‘yildi. Shunga o‘xshash choralar Nitssa, Lill, Lion hamda boshqa shaharlarda ham joriy etilgan. Ayrim hududlarda komendantlik soati voyaga yetmaganlarga nisbatan alohida amal qilmoqda.

Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornyu butun mamlakat bo‘ylab yagona komendantlik soati joriy etishni rad qilgan, biroq mahalliy vaziyatdan kelib chiqib cheklovlar qo‘llanishini qo‘llab-quvvatlagan.

Avvalroq «Kursiv» Fransiyadagi norozilik namoyishlari ortidan Makron xalqqa murojaat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek