O‘zbekiston – Tojikiston chegarasidan ID-karta bilan o‘tish tezlashtiriladi

eʼlon qilindi
Tojikiston bilan aloqalar alohida ahamiyatga ega
Endi Shoximardon va So‘x yo‘nalishi chegara postlari 24 soat ishlaydi
Foto: Facebook

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidan ID-kartalar orqali o‘tish tizimini joriy etishni tezlashtirish zarurligini aytdi. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova xabar berdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi savdo va yuk tashish hajmi oshib borayotgani chegara orqali o‘tishni soddalashtirish zaruratini kuchaytirmoqda.

«ID-kartalar orqali chegaradan o‘tish tizimini joriy etishni ham tezlashtirishimiz kerak. Chunki yuk tashish hajmi ortib bormoqda va bu masalani hal qilishga real ehtiyoj mavjud», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tojikiston bilan aloqalar alohida ahamiyatga ega

Prezident Tojikiston bilan munosabatlar uning prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridanoq ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

«Ilgari chegaralar yopiq edi. Bugungidek savdo aylanmasi ham, bunday yaqin munosabatlar ham yo‘q edi», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikistondagi ko‘plab oilalarni qarindoshlik rishtalari bog‘lab turishini ham qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston O‘zbekiston va boshqa qo‘shni davlatlardan yonilg‘i importini keskin oshirgani haqida xabar berilgandi. Iyul oyida mamlakat Rossiyadan benzin importini qariyb ikki baravar qisqartirib, 14,1 ming tonnaga tushirdi. Dizel yetkazib berish ham 2 foizga kamayib, 30 ming tonnani tashkil etdi. Rossiyadan aviakerosin importi esa amalga oshirilmadi.

Shuningdek