O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlariga Chexiya, Slovakiya va Polshada ish taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Saralangan nomzodlarning ish haqi shifokorlar uchun 2200 yevrodan, hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun esa 1800 yevrodan boshlanadi
Slovakiyada ming yevrogacha maosh bilan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda
Foto: Slovakia

O‘zbekistonlik shifokor, hamshira va tibbiyot og‘alariga Chexiya, Slovakiya hamda Polshadagi tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyati taklif qilinmoqda. Ish haqi shifokorlar uchun 2200 yevrodan, hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun esa 1800 yevrodan boshlanadi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Nomzodlar uch oy til o‘rganadi

Loyiha Slovakiyaning Penta Hospitals International kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Unda shifokorlar, shuningdek, tibbiyot oliygohining hamshiralik yo‘nalishini so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan va rus tilida erkin muloqot qila oladigan hamshira hamda tibbiyot og‘alari qatnashishi mumkin.

Saralangan nomzodlar Migratsiya agentligining «Intil»  xalqaro markazida uch oy davomida chex, slovak yoki polyak tilini tezlashtirilgan dastur asosida o‘rganadi.

Turar joy va o‘qish xarajatlari qoplanadi

Til kurslariga Chexiya, Slovakiya va Polshadan jalb qilingan o‘qituvchilar dars beradi. Nomzodlarning o‘qishi va turar joy xarajatlarini Migratsiya agentligi qoplaydi.

Shuningdek, agentlik viza hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi. Viza jarayoni til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi. O‘quv mashg‘ulotlari 2026-yil noyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadagi qurilish kompaniyasida ishlash uchun 124 ta bo‘sh ish o‘rniga ariza topshirishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek