O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida nechanchi o‘rinda

eʼlon qilindi
Markaziy Osiyoda birinchi o‘rin
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi
Foto: Mudofaa vazirligi

Global Firepower 2026-yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e’lon qildi. Unda 145 ta davlat orasida O‘zbekiston 53-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston eng yuqori natijani qayd etdi. Bu haqda Global Firepower ma’lum qildi.

Reytingda AQSH birinchi, Rossiya ikkinchi, Xitoy uchinchi o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Hindiston va Janubiy Koreya kirdi. Keyingi o‘rinlardan Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Italiya joy oldi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 58-o‘rinda, Turkmaniston 78-o‘rinda, Tojikiston 100-o‘rinda va Qirg‘iziston 108-o‘rinda qayd etildi. Reytingning so‘nggi uch pog‘onasini Markaziy Afrika Respublikasi, Beliz va Butan egalladi.

Global Firepower davlatlarning harbiy salohiyatini 60 dan ortiq omil asosida baholaydi. Ular orasida harbiy xizmatchilar soni, qurol-yarog‘ va harbiy texnika, mudofaa xarajatlari, logistika, tabiiy resurslar hamda geografik sharoitlar bor. 2026-yilgi hisob-kitoblarda internet qamrovi ham yangi ko‘rsatkich sifatida kiritilgan.

Reytingda PowerIndex ko‘rsatkichi qo‘llanadi: uning qiymati qanchalik past bo‘lsa, mamlakatning o‘rni shunchalik yuqori hisoblanadi. AQSHning ko‘rsatkichi 0,0741, Rossiyaniki 0,0791, Xitoyniki esa 0,0919 ni tashkil etgan.

Global Firepower reytingi davlatlarning harbiy salohiyatini turli mezonlar bo‘yicha taqqoslaydi. U armiyaning jangovar tayyorgarligi yoki ehtimoliy urush natijasini bevosita belgilamaydi.

Avvalroq Pokistonning Xarian shahrida 9-Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan «Jamoaviy ruh» («Team Spirit») musobaqasida O‘zbekiston harbiylari 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek