Qarşida Nasaf brendi ostida traktorlar va paxta teriş maşinalari yiğilmoqda

Özbekistonda «Nasaf» brendi ostida zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalari, jumladan, traktorlar va paxta teriş maşinalari yiğilmoqda. Qarşi şahridagi «FM World» korxonasi yiliga eksport hajmini $50 mln ga yetkazişni rejalaştirgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni FM World korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Qiymati $20 mln bölgan loyiha Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi tarkibida amalga oşirilgan va töliq xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalaştirilgan.
5 gektar maydonni egallagan majmuada 12 ming kvadrat metr işlab çiqariş binolari barpo etilgan. Korxonada 200 ta iş örni yaratilgan.
Traktorlar GPS va avtopilot bilan jihozlangan
Ayni paytda korxonada «Nasaf» brendi ostida beş xil rusumdagi traktorlar, paxta teriş maşinalari va boşqa qişloq xöjaligi texnikalari yiğilmoqda.
Traktorlar GPS, avtopilot, öğitlaşni boşqariş va masofadan nazorat qiliş tizimlari bilan jihozlangan. Uşbu texnologiyalar dala işlarini aniq bajariş, yonilği va boşqa resurslar sarfini kamaytirişga xizmat qiladi.
Korxonada texnikalarga dala şaroitida xizmat körsatiş, nosozliklarni oldindan aniqlaş va ulardan xavfsiz foydalaniş böyiça öquv maşğulotlari ham ötkaziladi.
Mahalliylaştiriş darajasi 30 foiz
Hozirda traktorlarni yiğişda mahalliylaştiriş darajasi 30 foizni taşkil etadi. Korxonaning özida 138 turdagi detal va butlovçi qismlar işlab çiqarilmoqda.
Işlab çiqarişda mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani kuçaytiriş va butlovçi qismlar tayyorlaşni kengaytiriş orqali mahalliylaştiriş darajasini bosqiçma-bosqiç oşiriş vazifasi belgilangan.
Korxona yillik eksport hajmini $50 mln ga yetkaziş va mahsulotlarning 30 foizini qöşni davlatlarga yetkazib berişni rejalaştirgan.
Prezident korxonadagi işlab çiqariş jarayoni va tayyor texnikalar bilan tanişar ekan, qişloq xöjaligi texnikalarini mamlakatning özida işlab çiqariş fermerlar işini yengillaştiriş va importga boğliqlikni kamaytirişda muhimligini ta’kidladi.
Avvalroq Şavkat Mirziyoyev Samarqandda ötkazilayotgan «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl» butunjahon sammiti iştirokçilariga murojaat qilgandi.