Yangi taşkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligida qanday yangiliklar bor

Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’lim, ilm-fan hamda ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi. Bu prezidentning tegişli qarorida qayd etildi.
Vazirlikda aholi murojaatlari, şikoyatlari, takliflari va e’tirozlarini qabul qiliş, ularni tezkor körib çiqiş hamda tegişli taşkilotlarga yönaltiriş uçun autsorsing asosida Call-markaz faoliyati yölga qöyiladi.
Şuningdek, aholi hamda ta’lim va ilm-fan tizimi xodimlari bilan doimiy muloqotni ta’minlaş uçun qayta aloqa tizimi işga tuşiriladi. U orqali ta’lim xizmatlarining sifati, ommabopligi va tizimdagi mavjud muammolar haqida tezkor ma’lumot oliş hamda ularni tahlil qiliş közda tutilgan.
Jamoatçilik kengaşi taşkil etiladi
Ta’lim va ilm-fan vaziri huzurida Ta’lim böyiça jamoatçilik kengaşi tuziladi. Kengaş tarkibiga ta’lim oluvçilar, talabalar, ota-onalar, pedagoglar va iş beruvçilar vakillari kiritiladi.
Mazkur tuzilma ta’lim tizimidagi muammolar, xizmatlar sifati va jamoatçilik fikrini vazirlik faoliyatiga yetkazib boriş mexanizmlaridan biri böladi.
Vazirlik hay’ati 15 kişidan iborat böladi
Vazirlik hay’ati 15 nafar a’zodan şakllantiriladi. Uning tarkibiga vazir – hay’at raisi, vazir örinbosarlari, vazirlik huzuridagi agentliklar direktorlari, yetakçi oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari, olimlar va pedagoglar kiradi.
Xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga oliş mumkin
Qaror bilan vazirga istisno tariqasida vazirlik markaziy apparatiga 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlarni töğridan töğri suhbat asosida işga qabul qiliş vakolati berildi. Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz ta’lim strategiyasini işlab çiqiş böyiça maxsus işçi guruh tuziladi.
Şuningdek, vazirlik huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Ta’lim va ilm-fan böyiça strategik tadqiqotlar va baholaş markazi taşkil etiladi.
Bilim va malakalarni baholaş agentligi tuziladi
Vazirlik huzurida Bilim va malakalarni baholaş agentligi ham taşkil qilinadi.
Şu bilan birga, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantiriş markazi faoliyati tugatiladi.
Avvalroq «Kursiv» pedagog va öquvçilar har yili psixologik diagnostikadan ötkazilishi haqida yozgan edi.