Polşaga işga yuboriş uçun 10,4 ming dollar talab qilgan MÇJ rahbari uşlandi

Namangan şahrida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbari bir fuqaro va uning uç nafar tanişini Polşaga mavsumiy işga yuboriş evaziga $10,4 ming talab qilgani aytilmoqda. Bu haqda DXX xabar berdi.
Ma’lumotga köra, Namangan şahrida faoliyat yurituvçi MÇJ rahbari Töraqo‘rğon tumanida yaşovçi fuqaroning işonçiga kirib, uni va yana uç nafar tanişini Polşa Respublikasiga mavsumiy işga yuborişni va’da qilgan.
$10,4 ming talab etgani aytilmoqda
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, MÇJ rahbari to‘rt nafar fuqaroni Polşaga noqonuniy ravishda işga yuboriş evaziga jami $10,4 ming talab qilgan.
U talab etilgan mablağning $4,4 mingini oldindan olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tekşiruv davom etmoqda
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotda fuqarolarni xorijiy davlatlarga işga yuboriş bo‘yiça Migratsiya agentligi va tegışli litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari faoliyat yuritişi eslatilgan.
Avvalroq «Kursiv» Toşkentda 1,2 kg dan ortiq sintetik narkotik moddalari musodara qilingani haqida yozgan edi.