Qaşqadaryoda Xitoy texnologiyasi bilan paxta hosildorligi ikki baravar oşirilmoqda

eʼlon qilindi
Hosildorlik gektariga 60 – 70 sentnergaça yetişi mumkin
Foto: prezident.uz

Qaşqadaryoning Ğuzor tumanida Şinjon texnologiyasi asosida paxta yetiştirilmoqda. Uşbu usulda hosildorlik gektariga 60 – 70 sentnergaça yetişi mumkin. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning dalaga taşrifi davomida ma’lum qilindi.

Suv sarfi 40 foizgaça kamayadi

«Qaşqadaryo Jingu» agroklasteri dalalarida 2,2 ming gektar maydonga çigit plyonka ostiga qöş qatorlab ekilgan va tomçilatib suğoriş tizimi joriy etilgan.

Uşbu texnologiya tuproqdagi namlik va haroratni saqlaş, suv hamda öğitni bevosita ğöza ildiziga yetkaziş imkonini beradi. Natijada suv sarfi 30 – 40 foizga, öğit sarfi esa qariyb 30 foizga kamayadi. Paxta an’anaviy usulga nisbatan 10 – 15 kun oldin pişib yetiladi.

An’anaviy usulda gektaridan 30 – 35 sentner hosil olinadigan bölsa, Şinjon texnologiyasida bu körsatkiç 60 – 70 sentnergaça yetişi mumkin. Korxona dalalarida hozirgi hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani taşkil etmoqda.

Agroklasterga $128 mln investitsiya kiritilgan

Xitoy sarmoyasi iştirokida taşkil etilgan «Qaşqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nişon, Ğuzor, Kökdala va Mirişkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi.

Loyihaga $128 mln investitsiya kiritilgan. Korxonada 50 ta iş örni yaratilgan, eksport hajmi esa $8,5 mlnni taşkil etadi. Maydonlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan çöl va qarovsiz yerlar bölgan.

Dala işlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Ular agrotexnik tadbirlarni tezroq bajariş va yonilği sarfini kamaytirişga yordam beradi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzolagandi.

Shuningdek