Qozoğistonda yangilangan Chevrolet Cobalt qanday narxda sotiladi

22-oktabr 2026 10:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
От 60 млн до 130 млн сумов: цены поддержанные Chevrolet Cobalt в октябре 2026 года
Foto: SI

Qozoğistonda 2026-yilgi Chevrolet Cobalt MCM sotuvga çiqdi. Yangilangan sedan uçta komplektatsiyada taklif qilinmoqda, biroq yangi salon, multimedia va narxlar ijtimoiy tarmoqlarda turliça baholanmoqda.

Avtomobil atrofidagi muhokamalar Threads ijtimoiy tarmoğida avtosotuvçi Uluğbek Aliyev Midnight versiyasi va uning narxlari haqida yozganidan keyin kuçaydi.

Cobalt MCM narxi qança

Chevrolet’ning Qozoğistondagi rasmiy narxlariga köra, 2026-yilgi Cobalt MCM aksiyalarni hisobga olganda uç xil narxda taklif etiladi. Optimum komplektatsiyasi 6,4 mln tenge, Elegant 6,5 mln tenge, Midnight esa 6,7 mln tenge turadi.

UzAuto Motors опровергла информацию о продаже Cobalt в рассрочку без первоначального взноса
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Çegirmalarsiz avtomobillar narxi yana 300 – 500 ming tengega qimmatroq böladi.

Optimum 14 dyuymli pölat disklar bilan jihozlangan. Elegant 15 dyuymli yengil qotişmali disklarga ega, Midnight esa xuddi şu ölçamdagi qora yengil qotişmali disklar bilan ajralib turadi.

Top-versiyada old va orqa faralarning qoraytirilgan bezaklari, radiator panjarasi va bamperning pastki qismi uçun öziga xos dizayn, şuningdek, orqa eşik oynalarining zavod tonirovkasi mavjud.

Salon sezilarli darajada yangilandi

Yangilangan Cobalt boşqa körinişdagi asboblar paneli va rangli displeyga ega böldi. Modelga 7 dyuymli sensorli multimedia ekrani örnatilgan. U Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qöllab-quvvatlaydi.

Şuningdek, Bluetooth, hands-free va USB port ham közda tutilgan.

Barça komplektatsiyalarda old örindiqlarni isitiş, yon oynalarni isitiş, konditsioner va barça eşiklar uçun elektr oynakötargiçlar bor. Multirul va kruiz-kontrol esa faqat yuqori komplektatsiyalarda taqdim etiladi.

Salon qoplamasi ham versiyaga qarab farq qiladi. Optimum’da mato, Elegant’da mato va velur uyğunligi, Midnight’da esa ekoteri işlatilgan.

Threads foydalanuvçilari yangilanişni turliça baholadi

Ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalarda ayrim foydalanuvçilar multimedia ekrani va boşqa özgarişlar narx farqini oqlamasligini ta’kidlagan.

Boşqalar esa modelda iqlim nazorati va orqa köriş kamerasi yöqligiga e’tibor qaratgan.

Muhokamalarda dvigateldagi özgarişlar ham alohida mavzu böldi.

Foto: chevrolet-tsm.com.ua

Rasmiy prays-listda avtomobil 1,5 litrli atmosferali dvigatel bilan körsatilgan. U 102 ot kuçi va 138 Nm aylantiruvçi moment işlab çiqaradi.

Dvigatel gaz taqsimlaş fazalarini özgartiriş tizimini olgan, biroq quvvati avvalgi versiyaga nisbatan biroz kamaygan.

Texnik qism katta özgarişsiz qoldi

Chevrolet Cobalt MCM olti poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 12,6 soniyada çiqadi, maksimal tezligi esa 170 km/soatni taşkil etadi.

Işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, yoqilği sarfi şaharda 100 km ga 10 litr, aralaş siklda esa 6,7 litrni taşkil qiladi. Bagaj hajmi 563 litr, ğildirak bazasi esa 2 620 mm.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Cobalt sinovdan ötkazilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek