
Özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov NAVI klubi bilan şartnomasini uzaytirdi. Şaxmatçi 2027-yilda ham klub nomidan turnirlarda iştirok etadi.
NAVI özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan şartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qildi. Abdusattorov klub safiga 2025-yil fevral örtalarida qöşilgan edi. Şundan buyon u NAVI tarkibida qator yirik xalqaro musobaqalarda qatnaşdi.
EWC’da ikki marta kuçli sakkizlikka kirdi
Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup turnirida ikki marta – 2025 va 2026-yillarda iştirok etdi. Har ikki musobaqada ham u 5 – 8-örinlarni egalladi.
2026-yilda bir neça yirik sovrinlarni qölga kiritdi
2026-yil Abdusattorov uçun muvaffaqiyatli keçdi. Fevral oyida u Tata Steel Çess Tournament 2026 – Masters turnirida ğolib böldi. Şuningdek, FIDE Freestyle Çess World Çampionşip 2026 musobaqasida bronza medalini qölga kiritdi.
Oradan bir oy ötib, grossmeyster Prague International Çess Festival 2026 – Masters turnirida ham birinçi örinni egalladi.
Samarqanddagi Olimpiadada ikki oltin medal oldi
Yilning ikkinçi yarmida Abdusattorov Super Rapid & Blitz Croatia 2026 va Green Hills Resort Masters 2026 turnirlarida kumuș medallarni qölga kiritdi.
Uning yil davomidagi eng yirik natijalaridan biri Samarqandda ötgan 46-Şaxmat Olimpiadasida qayd etildi.
Abdusattorov birinçi taxtada individual oltin medalni qölga kiritdi va Özbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida ğolib bölişiga yordam berdi.
Abdusattorov 2027-yilda ham NAVI safida böladi
NAVI ma’lumotiga köra, Nodirbek Abdusattorov 2027-yil davomida ham klubni xalqaro turnirlarda namoyon etadi.
Kelgusi mavsumdagi musobaqalar orasida Esports World Cup 2027 ham bor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdusattorov Yevropa klublar kubogida ğalaba qozongani haqida yozgan edi.