Qaşqadaryoda tadbirkorlar va kitobxonlar mukofotlandi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryoda «Sultonteks» klasteri rahbari Nurbek Ergaşevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanişganini aytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kişini iş bilan ta’minlaş, ayniqsa, ayollar uçun ko‘proq imkoniyat yaratiş rejalari qo‘llab-quvvatlanganini ma’lum qildi.
Nurbek Ergaşevga faxriy unvon beriladi
Şavkat Mirziyoyev Nurbek Ergaşevga «Özbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini beriş töğrisidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirdi.
Prezident uning yangi iş o‘rinlari yaratiş va zamonaviy, resurs tejamkor işlab çiqarişni rivojlantirişdagi faoliyatini alohida qayd etdi.
Çim mahallasidagi limonçiga ham unvon beriladi
Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida sulolaviy limonçilik maktabini yaratib, aholi daromadini oşirişga hissa qo‘şayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga ham «Özbekistonda xizmat ko‘rsatgan qişloq xo‘jaligi xodimi» unvoni berilişi ma’lum qilindi.
Kitobxon oilalarga Toşkentdan xonadon sovğa qilinadi
Yiğilişda Qaşqadaryoda ma’rifat va kitobxonlikni tarğib etayotgan «Mutolaa» loyihasi boş muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi.
Şuningdek, «Yoş kitobxon oila» respublika tanlovi ğoliblari Baxtişod Raşidov va E’zoza Xuşvaqtovaga Toşkent şahridan ikki xonali yangi uy-joylar sovğa qilinişi aytildi.
Prezident mazkur mukofotlarni yiğilişning o‘zida topşirişni taklif qildi.
Avvalroq «Kursiv» Qamaşidagi Çim mahallasida 200 dan ortiq yangi iş örinlari yaratilgani haqida yozgan edi.