«Yangi bank» omonatçilariga 207,5 mlrd söm kompensatsiya tölab berildi

«Yangi bank» AJ omonatçilariga 2026-yil 1-oktabr holatiga jami 207,5 mlrd söm kompensatsiya tölab berildi. Kafolatlaş hodisasi yuz berganidan keyin 11 iş kuni içida omonatçilarining 86 foiziga kompensatsiya oliş imkoniyati ta’minlangan. Bu haqda Omonatlarni kafolatlaş agentligi «OKA MEDIA DIALOGUE: Işonç, şaffoflik va yangi taşabbuslar» mavzusidagi oçiq muloqotda ma’lum qildi.
«Yangi bank» AJ böyiça kompensatsiya tölovlari uçun agent-bankka yönaltirilgan mablağlarning 99,4 foizi omonatçilarga yetkazilgan.
Kompensatsiyalar BRB orqali tölab berildi
Kompensatsiya tölovlarini amalga oşiriş uçun «Biznesni rivojlantiriş banki» ATB agent-bank sifatida tanlangan. «Yangi bank»ni tugatiş komissiyasi taqdim etgan omonatçilar reyestri asosida zarur mablağlar Omonatlarni kafolatlaş agentligi tomonidan agent-bankka töliq ötkazilgan.
Jismoniy şaxslar identifikatsiyadan ötgaç, kompensatsiyani BRB mobil ilovasi orqali bank kartasiga ötkaziş yoki bank xizmatlari markazlaridan naqd pul körinişida oliş imkoniyatiga ega bölgan.
Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar esa kompensatsiyani agent-bankdagi yoki boşqa bankdagi hisobvarağiga ötkaziş orqali olişi mumkin bölgan. Kompensatsiyani oliş uçun qöşimça haq undirilmagan.
Agentlik 15 mingdan ortiq murojaatlarni körib çiqdi
Tölov jarayonida omonatçilarga rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar, Call-markaz va manzilli SMS-xabarlar orqali kompensatsiya oliş usullari hamda murojaat qiliş tartibi tuşuntirilgan.
Agentlik koll-markazida bu davrda 15 mingdan ortiq murojaatlar körib çiqilgan.
Şuningdek, omonatçilarga tölab berilgan kompensatsiyalar summasiga teng mablağ «Yangi bank» AJ tugatiş komissiyasi tomonidan Agentlikka töliq qaytarilgan.
2027-yildan muddat 7 iş kuniga qisqaradi
2027-yil 1-yanvardan kafolatlaş hodisasi yuz bergan kundan e’tiboran yetti iş kuni içida tugatilayotgan bank omonatçilarining kamida uçdan tört qismiga kompensatsiya oliş imkoniyati ta’minlanişi kerak.
Şu maqsadda Agentlik banklar bilan ma’lumot almaşinuvi, omonatçilar haqidagi ma’lumotlarning aniqligi va hisob-kitoblarni avtomatlaştiriş tizimini takomillaştirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Toşkentda tugatilayotgan «Yangi Bank» binosi 163,3 mlrd sömga sotuvga qöyilgani haqida yozgan edi.