Qaşqadaryoda $250 mlnlik quyoş elektr stansiyasi işga tuşiriladi

eʼlon qilindi
Loyiha kelasi yili «Masdar» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi
Foto: prezident.uz

Kelasi yili Qaşqadaryoda «Masdar» kompaniyasi 300 MVt quvvatli quyoş elektr stansiyasi va 75 MVtlik energiya saqlaş tizimini işga tuşiradi. Loyiha qiymati $250 mlnni taşkil etadi. Bu haqda joriy yil 22-oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qilindi.

Oltita sanoat klasteri taşkil etiladi

Qaşqadaryo sanoatida yirik korxonalar atrofida kooperatsiya zanjirlarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi. Yil yakunigaça Ğuzor, Şörtan, Muborak, Dehqonobod va Nişonda oltita sanoat klasteri taşkil etiş belgilandi.

Şuningdek, Şörtan, Muborak, Yakkaboğ va Kosonda «Qaşqadaryo» erkin iqtisodiy zonasi filiallari oçiladi. Ularning infratuzilmasi uçun dastlab 250 mlrd söm yönaltiriladi.

Agrodronlar işlab çiqariş rejalashtirilgan

Xitoyning «FM World» korxonasida yiğilayotgan zamonaviy traktor va qişloq xöjaligi texnikalarini mahalliylaştiriş közda tutilgan. Korxonada agrodronlar işlab çiqariş loyihalarini boşlaş vazifasi ham qo‘yildi.

Agrodronlar – qişloq xöjaligida işlatiladigan maxsus dronlar bölib, ular dalalarni kuzatiş, ekin holatini baholaş, öğit yoki himoya vositalarini purkaş, ayrim hollarda uruğ sepiş va xaritalaş uçun qöllanadi.

«Masdar» $250 mln investitsiya kiritadi

«Masdar» kompaniyasi kelasi yili Qaşqadaryoda 300 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi va 75 MVtlik energiya saqlaş tizimini işga tuşiradi. Loyiha qiymati $250 mlnni taşkil etadi.

Çiqindidan elektr olinadi

Qarşi tumanida xitoylik hamkor iştirokida çiqindidan elektr energiyasi olişga möljallangan 45 MVtlik loyiha yakunlanmoqda. Nişon va Kökdalada ikkita yirik podstansiya qurilişiga $70 mln jalb qilinadi. Ularni kelasi yili işga tuşiriş vazifasi qo‘yilgan.

245 km yangi elektr tarmoği qurilmoqda

Tolimarjon – Soğdiyona yönalişida 245 km uzunlikdagi yangi elektr tarmoği qurilişiga $150 mln ajratilgan. Mutasaddilarga loyihani kelasi yili yakunlaş topshirildi.

Avvalroq «Kursiv» Qaşqadaryoda qişloq xöjaligida yana 200 ming kişini daromadli qiliş rejalaştirilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek