Xitoyda kung-fu usullarini biladigan robot namoyiş etildi

Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi kung-fu harakatlarini bajara oladigan, avtomobilni kötarib, odamlarni xavfdan himoya qilişga möljallangan H2-X Kung Fu Legend Guardian nomli gumanoid robotni namoyiş etdi. Kompaniya 21-oktabr kuni robot imkoniyatlarini aks ettiruvçi videoni e’lon qildi. Bu haqda South Çina Morning Post xabar berdi.
Robot avtomobil eşigini tepib, tört metrlik balandlikdan sakradi
Namoyiş videosida robot avtomobil tomiga çiqib, salto bajaradi, söngra maşina eşigi va kapotiga muşt hamda oyoqlari bilan zarbalar beradi. Zarbalardan keyin avtomobil kuzovida botiqlar paydo böladi.
Keyingi lavhalarda robot tört metr balandlik deb körsatilgan maydonçadan sakrab tuşadi, yerga yumalab, yana oyoqqa turadi va havoda turli zarbalar bajaradi.
Videoning boşqa qismida H2-X qurollangan hujumçi bilan töqnaşuv sahnasida odamni himoya qiladi. Yana bir lavhada robot yaqinlaşayotgan avtomobil yölidan manekenni surib çiqaradi. Şuningdek, u avtomobilning old qismini kötarib, uning ostida qolgan manekenni çiqarişga yordam berişi tasvirlangan.
Robot sakkiz soat işlaşi mumkin
Unitree ma’lumotiga köra, H2-X batareyasi bilan taxminan sakkiz soatgaça işlaşi mumkin. Biroq bu körsatkiçning qanday şaroitda ölçangani va robot faol harakatlar bajarganda qança vaqt işlaşi hozirça aniq emas.
Yangi model kompaniyaning avvalgi H2 gumanoid platformasi asosida yaratilgan. Oçiq manbalarda bazaviy H2 robotining böyi taxminan 182 santimetr, oğirligi esa 70 kilogramm ekani qayd etilgan. Unda 31 ta erkinlik darajasi mavjud bölib, bu robotning köplab böğimlarini mustaqil boşqariş orqali murakkab harakatlarni bajarişiga imkon beradi. H2-X modelining narxi, sotuvga çiqiş sanasi va barça texnik xususiyatlari hozirça e’lon qilinmagan.
Avvalroq Tesla Kaliforniyaning Fremont şahridagi zavodida Optimus odamsimon robotlarini dastlabki seriyali işlab çiqarişni boşlagani haqida xabar berilgandi.