Toşkentdagi bozor va savdo komplekslari xatlovdan ötkaziladi

Toşkentdagi bozor va savdo komplekslarining haqiqiy moliyaviy va mulkiy holatini aniqlash uçun keng qamrovli xatlov ötkaziladi. Toşkent şahar hokimligining xabar berişiça, mazkur jarayonda kadastr hujjatlari, mulkdorlar, noqonuniy qurilişlar va qarzdorliklar tekşiriladi.
Xatlov nima uçun ötkaziladi
Örganişdan asosiy maqsad bozor va savdo komplekslarining mavjud aktivlari, moliyaviy holati va muammolarini aniqlashdan iborat. Xatlov davomida bino va inşootlarning kadastr hujjatlari, mavjud mol-mulk va ularning egalari örganiladi. Şuningdek, hududlardagi noqonuniy qurilişlar aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari köriladi.
Şuningdek, öqing: Özbekiston bozori narxlar özgaruvchanligidan derivativlar orqali himoyalanadi
Qarzdorliklar ham tekşiriladi
Xatlov jarayonida bozor va savdo komplekslarining hududiy çegaralari, muhofaza zonalari va mavjud çeklovlar örganiladi.
Bundan taşqari, soliq, majburiy tölovlar va boşqa qarzdorliklar tahlil qilinadi. Komplekslarning moliyaviy holati böyiça mavjud muammolar aniqlanib, ularni hal etiş yuzasidan takliflar tayyorlanadi.
Ayrim aktivlar savdoga çiqarilişi mumkin
Örganişlar yakunida bozor va savdo komplekslari aktivlaridan samarali foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqiladi. Jumladan, tegişli boşqaruv organlari qarorlariga muvofiq ayrim aktivlarni ommaviy savdolarga çiqariş imkoniyati ham körib çiqiladi.
Xatlov Toşkent şahrini 2026 – 2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar doirasida Kadastr agentligining Toşkent şahar boşqarmasi, tuman hokimliklari, soliq organlari, Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi va «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ iştirokida ötkaziladi.
Avvalroq «Kursiv» Toşkent şahridagi 35 ta bozor, savdo kompleksi va ularning şoxobçalari ommaviy savdolarga çiqarilişi haqida yozgan edi.