Yangi Qarşi şahrida yerusti metro qatnovi va turizm majmuasi tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Davlat idoralari yangi şahar hududiga köçiriladi
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish milliy dasturi joriy etiladi
Foto: President.uz

Prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Qarşi şahrini barpo etiş va Qarşi magistral kanali böyida turizm majmuasi taşkil etiş loyihalari bilan tanişdi. Yangi şahar dastlab 500 ming aholiga möljallangan, istiqbolda esa 1 mln kişi yaşaydigan yirik markazga aylantirilişi rejalashtirilmoqda.

Yangi Qarşi şahrini barpo etiş uçun Samarqand–Ğuzor yönalişidagi A-378 hamda Şahrisabzga olib boruvçi 4R-79 avtomobil yöli oralig‘idagi 5,2 ming gektar maydon tanlangan.

Hudud asosan past bonitetli, foydalanilmayotgan çöl va yaylov yerlaridan iborat. Davlat rahbari yangi şaharni kelajakda Qarşiga zamonaviy muqobil böladigan yirik markaz sifatida rejalashtiriş zarurligini ta’kidladi.

Davlat idoralari yangi şahar hududiga köçiriladi

Loyihaga köra, viloyat hokimligi va boshqa davlat idoralarini Yangi Qarşi şahriga köçiriş közda tutilgan.

Bu yerda kongress-xoll, konsert zallari va mehmonxonalar qurilib, Samarqand va Buxorodagi kabi yirik xalqaro forumlarni qabul qila oladigan turizm markazi yaratilişi rejalashtirilmoqda.

Yerusti metro ham tashkil etilişi mumkin

Yangi şaharni aeroport va temir yöl vokzali bilan boğlaydigan elektr jamoat transporti tizimini yaratish taklif qilindi.

Prezident zarur bölsa, yerusti metro qatnovini ham yölga qöyiş kerakligini ta’kidladi.

Qarşi kanali böyida turizm majmuasi quriladi

Taqdimotda Qarşi magistral kanali böyidagi turizm majmuasi loyihasi ham körib çiqildi.

Uning doirasida 235 gektar maydonda üç kilometrlik sayilgoh barpo etiş rejalashtirilgan. Loyiha tört bosqiçda amalga oşiriladi.

Dastlabki bosqiçda 30 gektar hududda hunarmandlar şaharçasi va turizm hududi taşkil etiladi. Majmuada mehmonxonalar, restoranlar, dökonlar, muzey, akvapark, bolalar öyin maydonçalari va qayiqlar suzişi uçun sun’iy köl qurilişi közda tutilgan.

«Aqlli» şahar tamoyillari qöllaniladi

Prezident yangi şahar va turizm majmuasi boş rejalarini nufuzli xorijiy loyihalaş va arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda tayyorlaşni topşirdi.

Loyihalarda xavfsizlik, qulaylik, hamyonboplik hamda «aqlli» şahar tamoyillariga tayanish belgilandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 2027-yil Ğelonda toğ-çanği kurorti ișga tușirilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek