Hayvonlarda uçraydigan Şamonda virusi ilk bor insonga yuqdi

Fransiyada hayvonlarda, asosan qoramollarda uçraydigan Şamonda virusi bilan zararlanişning insonga oid ilk holati qayd etildi. Lion şahrida yaşagan, immuniteti keskin zaiflaşgan bemorda aniqlangan infeksiya bemorning oktyabr oyi boşida vafot etişidan oldin qayd etilgan. Rasmiylar hozirça virus keng aholi uçun soğliq xavfini tuğdirmasligini bildirdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Virus haşarotlar orqali yuqişi mumkin
Fransiya Qişloq xöjaligi vazirligi ma’lumotiga köra, bemor oğir kasallik sabab Liondagi Hospices Civils de Lyon tibbiyot muassasasida davolanayotgan va immuniteti keskin zaiflaşgan bölgan.
Şamonda virusi çaquvçi mayda haşarotlar, jumladan, Culicoides uruğiga mansub çivinlar orqali yuqişi mumkin. Fransiya rasmiylari bemor virusni mamlakat şarqida haşarot çaqişi oqibatida yuqtirgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq infeksiyani yuqtirgan haşarotning aniq turi hozirça aniqlanmagan.
Rasmiylar bemorda ölimidan oldin kuzatilgan miya bilan boğliq asoratlar virus infeksiyasi bilan boğliq bölişi mumkinligini bildirgan. Biroq virus bemorning ölimiga sabab bölganmi yoki uning holatiga ta’sir körsatganmi — bu masala yuzasidan tekşiruvlar davom etmoqda.
Virus Yevropada ilk bor şu yozda aniqlangan
Şamonda virusi 1960-yillarning örtalarida Nigeriyada aniqlangan. Keyinçalik Afrika mamlakatlari va Yaponiyada, asosan qoramollarda, infeksiya holatlari qayd etilgan.
Virus Yevropada ilk bor 2026-yil yozida aniqlanib, qator mamlakatlarda, jumladan Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya va Ispaniyada qayd etilgan.
Qoramollarda virus isitma, holsizlik va iç ketişiga sabab bölişi mumkin. Sut beradigan sigirlarda esa sut mahsuldorligi sezilarli kamayişi kuzatiladi.
Fransiya rasmiylari Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va Yevropa kasalliklarning oldini oliş va nazorat qiliş markazi bilan birgalikda tekşiruvlarni davom ettirmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga köra, virusning keng aholi uçun xavfi aniqlanmagan.
Avvalroq Nigeriya Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatda Ebola virusining ilk holati tasdiqlanganini ma’lum qilgandi.