Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik rejasini yangilamoqçi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sağintayev bilan uçraşuvda savdo tösiqlarini qisqartiriş, kooperatsiyani kengaytiriş va bojxona hamda transport tartib-taomillarini raqamlaştirişga qaratilgan yangi Hamkorlik rejasini qabul qiliş masalasini muhokama qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston va YOII örtasidagi savdo hajmi ösmoqda
22-oktabr kuni bölib ötgan uçraşuvda Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bilan kuzatuvçi davlat sifatidagi hamkorligi izçil kengayib borayotgani qayd etildi.
Tomonlar ittifoq mamlakatlari bilan özaro savdo va investitsiyalar hajmi ösayotgani, logistika aloqalari mustahkamlanayotganini ta’kidladi.
Özbekiston, şuningdek, YOII doirasida savdo va yuk taşişni raqamlaştiriş, elektron tijoratni rivojlantiriş hamda iqlim masalalariga oid dasturlarda iştirok etmoqda.
Texnik tartibga soliş va kooperatsiya masalalari
Özbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi örtasidagi qöşma işçi guruhning törtta yiğilişi ötkazilgan. Texnik tartibga soliş tizimlarini özaro yaqinlaştiriş böyiça «yöl xaritasi» ham tasdiqlangan.
Özbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankining tölaqonli a’zosiga aylangan, şuningdek, kooperatsiya loyihalari portfeli şakllantirilgan.
Uçraşuvda joriy yil oxirigaça qöşma işçi guruhning navbatdagi yiğilişini ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi. Yangi Hamkorlik rejasida savdo tösiqlarini kamaytiriş, işlab çiqariş kooperatsiyasini çuqurlaştiriş va bojxona hamda transport jarayonlarini raqamlaştirişga e’tibor qaratilişi kutilmoqda.
Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev Yangi Qarşi şahrini barpo etiş va Qarşi magistral kanali böyida turizm majmuasi taşkil etiş loyihalari bilan tanişgani haqida xabar berilgandi.