
Özbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan FIFA U-20 Jahon çempionati – 2027 sanalari ma’lum böldi. Yoşlar örtasidagi mundial 2027-yil 17-sentabrdan 9-oktabrga qadar ötkaziladi.
Musobaqada dunyoning turli mintaqalaridan 24 ta terma jamoa iştirok etib, U-20 yoş toifasida jahon çempionligi uçun kuraş olib boradi.
Özbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladi
2027-yilgi U-20 Jahon çempionati Özbekiston va Ozarbayjon tomonidan birgalikda qabul qilinadi. FIFA ma’lumotiga köra, mazkur turnir musobaqa tarixidagi 25-Jahon çempionati böladi.
Özbekistonda mundial öyinlarini qabul qiliş uçun infratuzilmani tayyorlaş işlari ham davom etmoqda. Jumladan, Yangi Toşkent stadioni FIFA U-20 Jahon çempionati öyinlarini qabul qiladigan arenalardan biri bölişi közda tutilgan.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi avvalroq mazkur stadion FIFA talablari va xalqaro standartlarga mos ravishda barpo etilayotganini ma’lum qilgan edi.
Turnir 50 yillik tarixga ega
U-20 Jahon çempionati ilk bor 1977-yilda Tunisda ötkazilgan. Şu tariqa, Özbekiston va Ozarbayjonda ötkaziladigan 2027-yilgi turnir musobaqaning 50 yilligiga töğri keladi.
Mazkur çempionat yillar davomida jahon futbolining köplab yulduzlari uçun katta futbolga ötiş maydoniga aylangan. Diego Maradona, Lionel Messi va Erling Holand kabi taniqli futbolçilar ham faoliyatining yoşlik davrida U-20 Jahon çempionatida iştirok etgan.
Mundialning rasmiy şiori taqdim etilgan
FIFA oktabr oyida 2027-yilgi turnirning rasmiy brendi va «U Shape The Game» – «Öyinni özing belgilaysan» şiorini taqdim etdi.
Musobaqa vizual uslubida Özbekiston va Ozarbayjonning milliy naqşlari hamda mozaika elementlaridan foydalanilgan. Rasmiy emblemadagi «U» belgisi esa yoş futbolçilarning futbol kelajagini şakllantiriş imkoniyatini ifodalaydi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Özbekiston 17-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarşi öynaşi haqida yozgan edi.