AQŞda özbekistonlik yuk maşina haydovçisi $12 mlnlik öğrilikda gumonlanmoqda

AQŞda 33 yoşli Özbekiston fuqarosi qiymati $12 mln dan ortiq bölgan yuklarni öğirlaş sxemasida iştirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga köra, fuqaro va uning ehtimoliy şeriklari yuk taşuvchi kompaniyalar ustidan nazoratni qölga kiritib, ularning hujjatlari va biznes akkauntlaridan foydalangan holda yuk taşiş buyurtmalarini olgan.
Kamida $12 mln qiymatida 24 ta yuk öğirlangan
Tergov versiyasiga köra, guruh 2025-yil sentabrdan boshlab faoliyat yuritgan. Şeriklar ilgari faoliyat yuritgan transport kompaniyalari nomidan buyurtma olib, yuklarni tarqatiş markazlaridan olib çiqqan, biroq ular belgilangan manzilga yetkazilmagan. Ayrim holatlarda yukni qaytariş evaziga pul ham talab qilingan.
Ayblov hujjatlarida sxema doirasida kamida 24 ta yuk öğirlangani qayd etilgan. Ular orasida qattiq disklar, audio uskunalar, kiyim-keçak, elektronika, kompyuter jihozlari va oziq-ovqat mahsulotlari bölgan. AQŞ Adliya vazirligiga köra, uning bevosita aloqadorligi gumon qilinayotgan öğirlangan mahsulotlarning çakana qiymati $12 mln dan oşadi.
Bir neçta soxta haydovçilik guvohnomasi topilgan
Ayblov tomoniga köra, Özbekiston fuqarosi AQŞda qonuniy doimiy yaşovçi maqomiga ega bölgan va Nyu-Jersi ştatida berilgan amaldagi tijorat haydovçilik guvohnomasidan foydalangan.
Shuningdek, unda boşqa şaxslar nomiga rasmiylaştirilgan bir neçta qalbaki haydovçilik guvohnomasi bölgani aytilmoqda. Hujjatlardagi suratlarda uning yuzi özgartirilgan körinişda tasvirlangan.
Besh yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin
N.H. 2026-yil 1-iyunda Kaliforniyaning Ontario şahrida qölga olingan. 22-sentabr kuni Nyu-Heyvendagi federal katta hakamlar hay’ati unga til biriktiriş böyiça ayblov e’lon qilgan. Mazkur ayblov böyiça maksimal jazo besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilişni taşkil etadi.
21-oktabr kuni u Bridjportdagi federal sudda aybini tan olmadi. U qölga olinganidan buyon hibsda saqlanmoqda. AQŞ prokuraturasi ayblov xulosasi şaxsning aybdorligini isbotlamasligini ta’kidladi. Sud hukmi çiqmagunça u aybsiz hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» AQSh prezidenti Donald Tramp yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlayotgan noqonuniy migrantlarga qarshi choralar kuchaytirilishi haqida yozgan edi.