Sadir Japarov: 4 soat uxlayman, 20 soat işlayman

eʼlon qilindi
Fuqaroning şikoyatini körib çiqiş topşirildi
Sadir Japarov: 4 soat uxlayman, 20 soat işlayman
Foto: QR prezidentining rasmiy Telegram kanali

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov kuniga atigi tört soat uxlaşi, qolgan 20 soatini esa işga sarflaşini aytdi. U bu haqda Jalolobod viloyati aholisi bilan uçraşuvda, şaxsiy qabuliga kira olmagan fuqaroning şikoyatiga javoban ma’lum qildi.

Prezident barça fuqarolarni şaxsan qabul qiliş imkoniyati yöqligini ta’kidlagan.

Sizlar 7,5 millionsiz, men esa bittaman — Japarov

Uçraşuv iştirokçilaridan biri Japarovning şaxsiy qabuliga bir neça bor kirişga harakat qilgani, biroq prezident bilan uçraşa olmaganini aytgan.

Bunga javoban Qirğiziston rahbari mamlakatdagi barça murojaatlarni şaxsan körib çiqiş jismonan imkonsizligini tuşuntirgan.

«Sizlar 7,5 millionsiz, men esa bitta prezidentman. Oldimga kelgan hammani qabul qila olmayman. Mening iş jadvalim bor. Şundoq ham 24 soatning faqat tört soatida uxlayman, qolgan 20 soatini işda ötkazaman», – dedi Japarov.

Uning sözlariga köra, bunday iş tartibiga qaramay, barça masalalarni şaxsan hal qiliş uçun vaqt yetmaydi.

Fuqaroning şikoyatini körib çiqiş topşirildi

Şu bilan birga, Japarov huquq-tartibot organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaat qilgan fuqaroning masalasini alohida örganişni topşirdi.

Jalolobod aholisi bilan uçraşuv davomida yer nizolari, yöl qurilişi, ijtimoiy infratuzilma, davlat organlari faoliyati va fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş bilan boğliq masalalar ham kötarildi.

Japarov tegişli davlat idoralariga ayrim murojaatlar böyiça tuşuntiriş beriş va ularni belgilangan tartibda körib çiqişni topşirgan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Qirğizistonda prezidentlikka nomzodlar davlat tilidan test topşirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek