Özbekistonda atom energetikasi uçun mutaxassislar tayyorlanadi

eʼlon qilindi
Birinçi reaktor binosi poydevori qurilmoqda
Özbekistonda atom energetikasi uçun mutaxassislar tayyorlanadi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekistonda atom energetikasi uçun mutaxassislar tayyorlanadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning «Rosatom» korporatsiyasi direktori Aleksey Lixaçyov bilan ötkazgan uçraşuvida ma’lum qilindi.

Muloqotda AES loyihasini amalga oşiriş, atom energetikasi uçun zarur infratuzilmani rivojlantiriş va mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.

Birinçi reaktor binosi poydevori qurilmoqda

Uçraşuvda Özbekistondagi ilk integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini barpo etiş loyihasining borişi körib çiqildi.

Tomonlar birinçi reaktor binosi poydevorini quriş hamda AESni loyihalaştiriş işlari izçil davom etayotganini qayd etdi.

Şuningdek, stansiya bilan boğliq infratuzilmani ilğor texnologiyalar va zamonaviy bilimlar asosida rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

AES yonida atomçilar şaharçasi qurilişi mumkin

Tomonlar bölajak atom elektr stansiyasi yaqinida alohida atomçilar şaharçasini barpo etiş istiqbollarini ham muhokama qildi.

Rejaga köra, hududda energiya tejamkor uy-joylar, zamonaviy ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport obyektlari hamda aholi uçun boşqa ijtimoiy infratuzilma yaratilişi mumkin.

Mazkur şaharça AESda işlaydigan mutaxassislar va ularning oilalari uçun zarur yaşaş şaroitlarini şakllantirişga qaratiladi.

Avvalroq «Kursiv» Forişda AES uçun maxsus sanoat zonasi taşkil etilişi haqida yozgan edi.

Shuningdek