Qattiq yoqilğida işlayotgan issiqxonalar 1-dekabrgaca isitiş tizimini özgartirişi kerak

Toşkent şahri hamda Toşkent viloyatining ayrim tumanlaridagi issiqxonalar uçun maxsus ekologik tartib joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, qattiq yoqilğida işlaydigan issiqxonalar 1-dekabrgaça yangi ekologik talablarga moslaşişi kerak.
Yangi tartib Toşkent şahri, şuningdek, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq, Qibray, Yangiyöl, Zangiota va Toşkent tumanlaridagi issiqxonalarga taalluqli.
Uşbu hududlardagi isitiş tizimiga ega issiqxonalar tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr, geotermal va quyoş energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarida hosil böladigan ikkilamçi issiqlik energiyasidan foydalanişi mumkin. Qattiq yoqilğida işlayotgan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgaca isitiş tizimini özgartirişi kerak.
Kömirdan foydalaniş uçun qoşimça talablar belgilanadi
Kömir, briket va biomassa pelletlaridan foydalanişga faqat bir qator talablar bajarilganda ruxsat beriladi.
Issiqxonalardagi qozonlar yoqilğini uzatiş va yonishni avtomatik boşqariş tizimi, çang-gaz tozalaş uskunalari hamda uzluksiz avtomatik monitoring vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Monitoring tizimi Ekologiya qömitasining axborot tizimlariga integratsiya qilinadi. Şuningdek, onlayn kameralar, zaxira elektr generatorlari örnatilişi va uskunalar muvofiqlik sertifikatiga ega bölişi talab etiladi. Hosil bölgan çiqindilar utilizatsiya qilinişi kerak.
Ayrim materiallarni yoqiş taqiqlanadi
Issiqxonalarda şinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, işlatilgan moylar, maişiy va işlab çiqariş çiqindilarini yoqilği sifatida işlatiş qat’iyan taqiqlanadi.
2028-yil 1-yanvarga qadar issiqxonalarning ekologik modernizatsiyasi uçun davlat subsidiyalari ajratiladi.
Çang-gaz tozalaş uskunalari, qozonlar, energiya tejovçi ekranlar va muqobil isitiş tizimlarini xarid qiliş xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uçun 50 mln sömdan oşmagan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qiliş uçun har bir stansiyaga 350 mln sömgaça mablağ 7 yilga foizsiz bölib tölaş şarti bilan ajratilişi mumkin.
Har gektarga 3 mlrd sömgaça kredit beriladi
2026 – 2027-yillarda elektr, geotermal, quyoş energiyasi va kogeneratsiya asosidagi isitiş tizimlariga ötiş loyihalari uçun tijorat banklari orqali kreditlar ajratiladi.
Kreditlar 7 yilga, üç yillik imtiyozli davr bilan yillik 14% stavkada beriladi. Moliyalaştiriş loyiha qiymatining 50 foizigaça va har bir gektar uçun 3 mlrd sömgaça bölişi mumkin.
Talablarga javob bermagan issiqxonalar töxtatilişi mumkin
2026-yil 1-dekabrdan yangi talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosalar esa vaqtinça töxtatilişi mumkin.
Bunday issiqxonalarni elektr, gaz va suv ta’minotidan uziş çoralari ham közda tutilgan. Maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili 15-oktabrdan 15-martgaca nazorat va monitoring ötkaziladi. Inson hayoti va soğliğiga yuqori xavf tuğdiruvçi holatlar aniqlansa, issiqxona yoki ifloslantiruvçi manba faoliyati 10 kungaca vaqtinça töxtatilishi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq issiqxonalarga «yashil» shart bilan ishlash taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarga nisbatan esa taqiq saqlanib qoladi.