Fransiyada avtomobildan öq uzgan erkak bir kişini öldirdi, tört kişini yaraladi

Fransiyaning Parij şahri yaqinidagi Trapp va La Verryer kommunalarida avtomobildan ötkinçilarga qarata öq uzildi. Hodisa oqibatida bir kişi halok böldi, yana tört kişi, jumladan, 12 yoşli qiz yaralandi. Gumonlanuvçi qölga olindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Öq uziş bir neçta joyda sodir bölgan
Hodisa 23-oktyabr kuni Parijdan ğarbda joylaşgan Yvelin departamentida yuz bergan. Fransiya içki işlar vaziri Loron Nunezning aytişiça, erkak avtomobildan harbiy yoki avtomatik turdagi quroldan foydalangan bölişi mumkin.
Trapp meri Ali Rabehning sözlariga köra, gumonlanuvçi köçadagi odamlarga tartibsiz ravişda öq uzgan. Otişmalar bir neçta joyda, jumladan, bolalar maydonçasi yaqinida ham sodir bölgan.
Yaralanganlar orasida 12 yoşli qiz ham bor. Mahalliy hokimiyat vakilining ma’lum qilişiça, qizga sakkizta öq tekkan, biroq uning ahvoli barqarorlaşgan.
Tergovni aksilterror prokuraturasi olib bormoqda
Gumonlanuvçi qöşni Koanyer kommunasida qölga olingan. Hozirça uning harakatlari sababi töliq aniqlanmagan. Fransiya Milliy aksilterror prokuraturasi tergovni öz zimmasiga olgan. Huquq-tartibot idoralari hodisa terrorçilik yoki irqiy, etnik, milliy yoxud diniy adovat bilan boğliq bölgan-bölmaganini tekşirmoqda.
Trapp meri halok bölgan şaxs Afrika kelib çiqişiga ega ekanini, oğir ahvoldagi yaradorlardan biri esa Şimoliy Afrika kelib çiqişiga ega ekanini bildirgan. Biroq bu ma’lumotlar hujumning motivini tasdiqlamaydi.
Avvalroq Fransiyaning Meurthe-et-Moselle departamentida Mirage 2000-D harbiy samolyoti halokatga uçragandi.