Qabriston devoriga zarar yetkazgan quruvçi 88 mln söm jarimaga tortildi

Toşkentning Yaşnobod tumanida noqonuniy quriliş işlari vaqtida qabriston devori va ayrim qabrlarga zarar yetkazilgani aniqlandi. Quriliş işlari töxtatilib, quruvçi taşkilotga BHMning 200 baravari (88 mln söm) miqdorida ma’muriy jarima qöllanildi. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi nazorati inspeksiyasi xabar berdi.
Holat Yaşnobod tumani Sultonali Maşhadiy mahallasidagi tadbirkorlik obyektida sodir bölgan. Inspeksiya ma’lumotiga köra, obyektga qoşimça bino quriş uçun yer işlari olib borilgan.
Örganiş davomida quriliş işlari şaharsozlik normalari talablariga zid ravişda va tegishli ruxsatnomalarsiz boşlangani aniqlangan.
Ayrim qabrlarga ham zarar yetgan
Yer qazish işlari vaqtida quruvçining ehtiyotsizligi oqibatida qabriston devoriga şikast yetgan. Şuningdek, ayrim qabrlarga ham zarar yetkazilgani ma’lum bölgan.
Holat yuzasidan quriliş işlari töxtatildi. Quruvçi taşkilotga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida ma’muriy jarima qöllanildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Botkin qabristonida devor qulaşi natijasida qabr toşlariga zarar yetgani haqida xabar berilgandi. Dastlabki örganişlarga köra, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulagan. Oqibatda qabristonning 15-sektoridagi sönggi qatorda joylaşgan bir neçta qabr toşiga zarar yetgan.