Kosonsoy hokimi örinbosari 65 mln söm olayotganda uşlandi

eʼlon qilindi
20 kVt quvvatli quyoş paneli talab qilingan
Endi pora bo‘yicha sudlanganlarning elektron ro‘yxati tuziladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hokimi örinbosari tadbirkordan 65 mln söm olayotgan vaqtida uşlandi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, mansabdor tadbirkorga ajratilgan yer maydonini boshqa şaxsga olib beriş bilan tahdid qilib, öz uyiga quyoş panellari örnatib berişni talab qilgan.

DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, hokim örinbosari mahalliy tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boshqa tadbirkorga olib beriş bilan qörqitgan.

Buning evaziga u tadbirkordan özining yaşaş xonadoniga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini sotib oliş va örnatib berişni talab qilgan.

65 mln söm xizmat avtomobilida olingan

Tezkor tadbir davomida mansabdor quyoş panellarini xarid qiliş va örnatiş xarajatlari uçun 65 mln sömni özining xizmat avtomobilida olayotgan vaqtida uşlangan. Pul mablaği aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Holat yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand va Namanganda noqonuniy Umra xizmatlari aniqlangani haqida xabar berilgandi. Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi oilaviy korxona vakili Umra ziyoratini taşkil etiş uçun tegişli vakolatga ega bo‘lmagani holda bir fuqaro va uning ikki nafar qarindoşini Saudiya Arabistoniga yuborib, ziyorat amallarini ado etişlari uçun şaroit yaratib berişni va’da qilgan.

Shuningdek