Jahonda oltin narxi $4 mingdan tuşdi, Özbekistonda-chi

eʼlon qilindi
Oltin «xavfsiz aktiv» sifatidagi rolini yöqotmoqda
Цена 5-граммового золотого слитка в Узбекистане превысила 10 млн сумов
Foto: Zlaťáky.cz / Unsplash

Oltin narxi iyul oyidan beri birinçi marta bir troya unsiyasi uçun $4000 dan pastga tuşdi. Financial Times ma’lumotiga köra, qimmatbaho metall bir hafta içida 3,3 foizga arzonlaşdi va uç oylik eng past darajaga tuşdi.

23-oktabr kuni oltinning spot narxi bir unsiya uçun $3986,5 gaça tuşdi. Keyinroq narx qisman tiklanib, kun yakunida $3994,47 ni taşkil etdi.

Bir kun avval esa oltin 2,8 foizga arzonlaşgan. Bu holat AQŞ davlat obligatsiyalari daromadliligi pasayayotgan bir paytda kuzatilmoqda. Odatda obligatsiyalar daromadliligining pasayişi oltin narxini qöllab-quvvatlaydi, çunki oltinning özi foizli daromad keltirmaydi.

Oltin «xavfsiz aktiv» sifatidagi rolini yöqotmoqda

Berenberg tahlilçilari oltin narxining investorlar xavfni kamaytirişga urinayotgan bir paytda ham tuşayotganini noodatiy holat deb baholadi.

Ularning ma’lumotiga köra, oltin oxirgi marta AQŞ davlat obligatsiyalari daromadliligi keskin pasayayotgan bir paytda bunçalik zaif natija 2008-yil dekabrida körsatgan.

Ötgan yili investorlar oltindan spekulyativ savdolarda faol foydalangan. Bu qimmatbaho metall narxining keskin oşişiga yordam bergan.

29-yanvar kuni oltin narxi $5500 dan oşgan edi. Seeking Alpha ma’lumotiga köra, şundan beri u 28,7 foizga arzonlaşgan.

Fed böyiça kutilmalar narxga bosim qilmoqda

CME Group boş iqtisodçisi Erik Norland fikriça, bu yil oltin va boshqa qimmatbaho metallarning arzonlaşişiga AQŞ Federal rezerv tizimi siyosati böyiça kutilmalarning özgarişi asosiy omillardan biri böldi.

Bozor avval foiz stavkalari pasayişini kutgan bölsa, keyinroq ularning oşiş ehtimolini hisobga ola boşladi.

Şu bilan birga, Norland oltin narxi hali ham 2025-yil bošidagi darajadan ança yuqori ekanini qayd etdi.

Bunga Davlat budjeti taqçilligi, inflyatsiya, geosiyosiy keskinlik va markaziy banklarning oltin xaridlarini davom ettirayotgani sabab sifatida körsatilgan.

Markaziy banklar oltin xaridini oşirmoqda

Jahon oltin kengaşining dastlabki ma’lumotlariga köra, sentabr oyida markaziy banklarning oltin xaridi 2024-yil noyabridan beri eng yuqori oylik darajaga yetgan.

Şunga qaramay, yuqori foiz stavkalari oltinning investitsiya aktivi sifatidagi jozibadorligini kamaytirmoqda.

Narx yana pasayişi mumkin

Berenberg tahlilçilari oltin narxining $4000 dan pastda mustahkamlanib qolişi bozorda muhim texnik signal bölişini ta’kidladi.

Bu oltin fondlariga investitsiya qiluvçi ETF-lardan mablağlar çiqib ketişini tezlaştirişi va oltin qazib oluvçi kompaniyalar aksiyalariga qoşimça bosim ötkazişi mumkin.

Sönggi beş kun içida BHP aksiyalari 6%, Rio Tinto qimmatli qoğozlari esa 7 foizga arzonlaşgan.

Jahon oltin kengashi katta bozor strategi Jon Rid oltin narxidagi tebranişlarni Yaqin Şarqdagi uruş, yuqori foiz stavkalari va energiya resurslari narxining oşişi bilan boğladi. Şu bilan birga, ayrim fond boşqaruvçilari oltin narxi keyinçalik yana tiklanişini kutmoqda.

O‘zbekistonda oltin quymalar qancha turadi

Markaziy bankning 23-oktabr holatidagi narxlariga ko‘ra, oltin quymalar quyidagi narxlarda sotilmoqda:

Og‘irligiSotiş narxiQadoqi but holatda qayta sotib oliş
5 gramm8,979 mln söm7,78 mln söm
10 gramm17,957 mln söm15,56 mln söm
20 gramm35,914 mln söm31,1 mln söm
50 gramm89,786 mln söm77,76 mln söm
100 gramm179,572 mln söm155,53 mln söm

Qadoq buzilgan yoki quyma texnik talablarga mos kelmagan holatda qayta sotib oliş narxi bundan pastroq bo‘ladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 7,6 foizga kamaygani haqida xabar berilgandi. Bunda pasayiş, asosan, oltin zaxiralari hisobiga yuz berdi. Sentabr boşida $65 mlrd bo‘lgan oltin qiymati oktabr boşiga kelib $60,1 mlrdga tuşdi. Ammo oltinning jismoniy hajmi 14,1 mlndan 14,3 mln unsiyaga oşdi.

Shuningdek