Audi AQŞda yangi zavod quriş uçun 4 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Germaniyaning Volkswagen AG konserni tarkibiga kiruvçi Audi kompaniyasi AQŞning Jorjiya ştatida yiliga 200 mingta avtomobil işlab çiqaruvçi zavod quriş uçun $4 mlrd sarmoya kiritadi. Bu haqda 24-oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Perri şahridagi saylovoldi tadbirida ma’lum qildi.
Yangi modellar va işlab çiqariş quvvati
Audi rahbari Gernot Dyollner Meykon şahrida eng yirik va premium yöltanlamaslar işlab çiqarilişi yölga qöyilişini ta’kidladi. Reuters agentligi aniqlik kiritişiça, gap Q7, Q8 va Q9 modellari haqida bormoqda. Şu paytga qadar kompaniya Amerika bozori uçun barça avtomobillarni Yevropa yoki Meksikadan import qilib kelgan.
Bojlar va sotuvdagi pasayiş
Donald Tramp tomonidan joriy etilgan savdo bojlari avtomobil işlab çiqaruvçiga 2025-yilda 1,2 mlrd yevro ($1,34 mlrd) ga tuşgan. Reuters xabariga köra, buning oqibatida 2026-yilda Audi kompaniyasining AQŞdagi sotuv körsatkiçlari 16 foizga qisqardi.
AQŞning iqtisodiy siyosati
Tramp xorijiy kompaniyalardan işlab çiqarişni AQŞ hududiga köçirişni talab qilib, aks holda ularga nisbatan yuqori bojxona tölovlari joriy etilişini ma’lum qilmoqda. Agar uşbu talab bajarilsa, u bunday kompaniyalarni boj tölovlaridan butunlay ozod qilişga va’da bermoqda.
Avvalroq Kursiv naşri Audi A6 Sportback avtomobili Ginnes rekordini örnatgani haqida xabar bergan edi.