Prezident Paraosiyo öyinlarida uçinçi örinni egallagan milliy jamoani tabrikladi

eʼlon qilindi
Yaponiyada ötgan musobaqada özbekistonlik para sportçilar jami 145 ta medalni qölga kiritib, tarixiy natijani qayd etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Özbekiston prezidenti Yaponiyaning Aiçi – Nagoya şahrida bölib ötgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida umumjamoa hisobida uçinçi örinni egallagan sportçilarga tabrik yölladi. Musobaqada qatnaşgan milliy jamoa a’zolari 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza medaliga sazovor böldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tarixiy natija va kuçli uçtalik

Osiyo qit’asining 45 ta davlatidan 2 600 nafardan ziyod para sportçilar qatnaşgan öyinlarda Özbekiston Xitoy va Yaponiyadan keyingi uçinçi örinni band etdi. E’tiborlisi, delegatsiya qölga kiritgan oltin medallarning teng yarmi qizlar hissasiga töğri kelgan.

Yangi rekordlar va yoş çempionlar

Musobaqa davomida 16 nafar özbekistonlik atlet Paraosiyo öyinlari rekordlarini yangilaşga erişdi. Jumladan, pauerliftingçi Röza Qöziyeva oltin medal bilan birga jahon rekordini örnatdi. Delegatsiyaning 15 yoşli a’zosi Boburbek Toştemirov esa para velosport böyiça eng yoş çempion sifatida tarixga kirdi.

Prezident e’tirofi

Davlat rahbari öz tabrigida sportçilarning jasoratini alohida qayd etdi. «Ayniqsa, sizlar ulkan azmu şijoatingiz bilan sporti jadal rivojlanayotgan davlatlar jamoalarini ortda qoldirib, uçinçi örinni zabt etganingiz — çinakam qahramonlikdir», – deyiladi bayonotda. Uşbu yutuqlar 2028-yili Los-Anjelesda ötadigan Paralimpiya öyinlari uçun mustahkam zamin bölişi ta’kidlangan.

Avvalroq Kursiv naşri tarixiy natija qayd etgan para-atletlarimiz Özbekistonga qaytib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek