26-oktabr kuni Özbekistonda ob-havo qanday böladi

26-oktabr kuni Özbekistonning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda şamol tezligi 14 m/s gaça yetişi mumkin.
Qoraqalpoğiston va Xorazmda salqin böladi
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoğingarçilik kutilmaydi.
Şamol şarqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 12–17 daraja iliq böladi.
Toşkent va markaziy hududlarda 22 darajagaça iliq
Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bölişi kutilmoqda. Şamol 9–14 m/s tezlikda esadi.
Janubda harorat 23 darajagaça kötariladi
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo özgaruvçan va yoğingarçiliksiz böladi. Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi esa 18–23 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida ham yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq böladi.
Toğlarda keçasi sovuq bölişi mumkin
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 26-oktabr kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqaça, kunduzi 10–15 daraja iliq böladi. Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri dam oliş kunlari qanday ob-havo kuzatilişi haqida yozgan edi.