Toşkentning ikki köçasida harakat vaqtinça çeklanadi

Toşkentda 2026-yil 25-oktabrdan BRT liniyalari qurilişi sababli Yangi Sergeli köçasi va Amir Temur şohköçasining ayrim qismlarida transport harakati vaqtinça çeklanadi. Toshkent shahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazining xabar berişiça, yöllar töliq yopilmaydi.
Çeklovlar ikki hududda joriy etiladi

Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli köçasining Çoştepa köçasi bilan kesişmasidan SOUEAST servis markazigaça bölgan 1 368 metrlik qismida quriliş işlari olib borilmoqda.
Yunusobod tumanida esa Amir Temur şohköçasining Ahmad Doniş köçasi bilan kesişgan yöl ötkazgiçdan Şahriston köçasi bilan kesişmagaça bölgan 1 430 metrlik qismi qamrab olinadi.
Yöllar töliq yopilmaydi

Quriliş köçalarning markaziy qismida, BRT avtobuslari uçun alohida yölaklar barpo etiladigan hududda olib boriladi. Boşqa yölaklar transport harakati uçun oçiq qoladi. Shu bilan birga, quriliş davrida ayrim tirbandliklar yuzaga kelişi mumkinligi haqida haydovçilar ogohlantirilgan. Haydovçilarga safarni oldindan rejalashtiriş, vaqtinçalik yöl belgilariga rioya qiliş va zarur bölsa, muqobil yönalişlardan foydalaniş tavsiya etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi chegara ötiş punktlaridan biri – «Ğiştköprik» (Qozoğiston tomonida «Jibek Joli») 2026-yil sentabr oyida yana faoliyat boşlaşi haqida xabar bergan edi.