Xitoy iqtisodiyoti uçinçi çorakda 4,5 foizga ösdi

Xitoy iqtisodiyoti 2026-yilning uçinçi çoragida ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 4,5 foizga ösdi. Bu körsatkiç bozor kutganidan biroz yuqori çiqib, Pekinning yil yakunida 4,5-5 foizlik iqtisodiy ösiş maqsadiga erişiş imkonini saqlab qoldi.
Ösişni, avvalo, eksport, sanoat va yuqori texnologiyali işlab çiqariş qöllab-quvvatlamoqda. Biroq içki iste’molning sustligi, investitsiyalarning qisqarişi va köçmas mulk bozoridagi uzoq davom etayotgan pasayiş iqtisodiyotga bosim ötkazişda davom etmoqda.
Yillik ösiş maqsadiga erişiş imkoniyati saqlanib qoldi
Xitoy Milliy statistika byurosi ma’lumotiga köra, uçinçi çorakdagi 4,5 foizlik ösiş ikkinçi çorakdagi 4,3 foizlik körsatkiçdan yuqori böldi.
2026-yilning yanvar – sentabr oylarida esa yalpi içki mahsulot ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 4,6 foizga ösdi.
Bu natija Xitoy hukumatining 2026-yil uçun belgilagan 4,5-5 foizlik iqtisodiy ösiş maqsadiga erişiş imkonini saqlab qolmoqda.
Şu bilan birga, iqtisodçilar ösişning tarkibiga e’tibor qaratmoqda. Eksport va işlab çiqarişdagi kuçli körsatkiçlar hozirça içki talabdagi zaiflikni qoplab turibdi.
Eksport keskin oşdi
Sentabr oyida Xitoy eksporti dollar hisobida ötgan yilning şu oyiga nisbatan 36 foizdan köproqqa oşdi.
Eksport ösişida sun’iy intellekt infratuzilmasi, elektronika, yarimötkazgiçlar va ma’lumotlarni qayta işlaş uskunalariga talabning ortişi muhim rol öynadi.
Eksportning importdan ustunligi natijasida Xitoyning taşqi savdo ijobiy saldosi ham oşmoqda.
Biroq eksportga kuçli tayaniş savdo hamkorlari bilan kelişmovçiliklarni kuçaytirmoqda. Ayniqsa, Yevropa va AQŞda Xitoyning nisbatan arzon sanoat mahsulotlari mahalliy işlab çiqaruvçilarga bosim qilayotgani haqidagi xavotirlar ortmoqda.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Xitoy sun’iy intellekt va milliy ma’lumotlar uçun davlat kompaniyasini taşkil etgani haqida yozgan edi.