Maktab direktorlarini yiğilişlarga çaqiriş taqiqlanadi — Turdimov

eʼlon qilindi
Turdimov maktab rahbarlarini hokimlik va boşqa idoralardagi yiğilişlarga muntazam jalb etiş amaliyotini tanqid qildi
«Eng ishongan kadrimni olib keldim» — prezident Turdimov haqida
Foto: Erkinjon Turdimov Telegram sahifasi

Maktab direktorlarini turli yiğilişlarga çaqirişga yöl qöyilmaydi. Erkinjon Turdimovning aytişiça, direktor faqat tegişli vazirlik bilan kelişilgan taqdirdagina yiğilişda qatnaşişi mumkin.

Turdimov maktab rahbarlarini hokimlik va boşqa idoralardagi yiğilişlarga muntazam jalb etiş amaliyotini tanqid qildi.

«Maktab direktorlarini yiğilişlariga çaqiriş mutlaqo taqiqlanadi. Biron bir yiğilişga çaqiriliş faqat vazirlik kelişuvi bilan, undan keyin yiğilişga boradi», – dedi u.

Uning ta’kidlaşiça, maktab rahbarining asosiy vazifasi ta’lim jarayoni bilan şuğullaniş bölişi kerak.

«Men boşqa narsani demayman: maktab mazmun bilan şuğullanişi kerak. Boğça tarbiya bilan şuğullanişi kerak. Majlisga borişi kerak emas», – dedi Turdimov.

Zarur bölsa, boşqa xodim qatnaşadi

Turdimov ayrim xo‘jalik va taşkiliy masalalar böyiça yiğilişlarda maktab direktorining özi qatnaşişi şart emasligini ham qayd etdi.

«Majlis kerak böladigan bölsa, ana «zavxoz» borsin. Nima gap, majlisga nimaga çaqiriladi hokimiyatga?» – dedi u.

U direktorlarni vazifasiga aloqador bölmagan yiğilişlardan ozod etiş, ularning asosiy e’tiborini maktabdagi ta’lim jarayoniga qaratiş kerakligini ta’kidladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ta’lim va ilm-fan vazirligiga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek