AQŞ saylovlariga homiylar tomonidan $1,3 mlrddan ortiq mablağ tikildi

AQŞdagi yirik siyosiy homiylar 2026-yilgi saylov kampaniyasiga hozirga qadar $1,3 mlrddan ortiq mablağ yönaltirgan. Ajratilgan pullarning asosiy qismi Respublikachilarni qöllab-quvvatlovçi homiylar hissasiga töğri keladi. Bu haqda The Washington Post Federal saylov komissiyasi ma’lumotlari asosida ötkazgan tahlilida ma’lum qildi.
Respublikachilar homiylaridan $880 mln
2026-yilning birinçi yarmida Respublikachilar tarafdori bölgan donorlar siyosiy kampaniyalarga $880 mln ajratgan. Demokratlarni qöllab-quvvatlovçi donorlar esa $290 mln bergan. Har ikki partiyani yoki alohida manfaat guruhlarini qöllovçi donorlar tomonidan yana $200 mln yönaltirilgan. Bu mablağlar noyabr oyida ötkaziladigan Kongress saylovlari oldidan siyosiy kampaniyalarda muhim örin tuti şi mumkin.
Mablag‘larning asosiy qismi mustaqil siyosiy guruhlarga berilgan
Homiylarning siyosiy qarashidan qat’i nazar, mablağlarning katta qismi mustaqil siyosiy guruhlar orqali yönaltirilgan. Bunday siyosiy guruhlar qonunan jismoniy va yuridik şaxslardan çeklanmagan miqdorda mablağ qabul qilişi mumkin. Ular nomzodlarni qöllab-quvvatlaş yoki ularga qarşi targ‘ibot olib boriş uçun katta mablağ sarflaydi.
Yirik donorlar orasida milliarderlar köp
AQŞ siyosatidagi eng yirik individual donorlar orasida milliarderlar yetakçilik qilmoqda. The Washington Post tahliliga köra, yirik donorlarning siyosiy kampaniyalarga ajratayotgan mablağlari bu yilgi saylov siklida rekord darajaga yaqinlaşmoqda.
Avvalroq Ilon Mask AQSh saylovlariga $276 mln sarflagani haqida yozgan edik.