Toşkent va viloyatdagi 62 ta issiqxona tekşirildi hamda bir issiqxona faoliyati töxtatildi

23 – 24-oktabr kunlari Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi issiqxonalarda ekologik reydlar ötkazildi. Monitoring davomida jami 62 ta issiqxona örganilib, ulardan birida çang-gaz tozalaş uskunalarisiz kömir yoqilgani aniqlandi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi ma’lumotiga köra, Toşkent viloyatidagi 46 ta issiqxonada ekologik monitoring olib borilgan.
Jumladan, Toşkent tumanida 10 ta, Zangiota tumanida 9 ta, Yuqori Çirçiq tumanida 8 ta, Qibray tumanida 12 ta va Yangiyöl tumanida 7 ta issiqxona tekşirilgan. Şuningdek, Hasanboy mahallasi va Qibray tumanidagi yana 16 ta issiqxonada örganiş ötkazilgan.
Bir issiqxona faoliyati töxtatildi
Hasanboy mahallasidagi issiqxonalardan birida çang-gaz tozalaş uskunalarisiz kömir yoqib isitiş holati aniqlangan.
Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 95-moddasi asosida jarima qöllanilib, issiqxona faoliyati belgilangan tartibda töxtatilgan.
1-dekabrgaça yangi talablarga ötiş kerak
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi qattiq yoqilğida işlaydigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgaça muqobil isitiş tizimlariga ötişi kerak.
Qattiq yoqilğidan foydalanadigan issiqxonalarga zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunalari, avtomatik emissiya monitoringi va onlayn kuzatuv tizimlarini örnatiş talabi qöyilgan.
Modernizatsiya xarajatlarining bir qismi qoplanadi
2028-yil 1-yanvarga qadar tegişli uskunalar va energiya samarador texnologiyalarni xarid qiliş xarajatlarining 50 foizigaça qismi subsidiya qilinadi.
Bunda har bir gektar uçun subsidiya miqdori 50 mln sömdan oşmasligi kerak. Şuningdek, muqobil isitiş tizimlariga ötiş loyihalari uçun tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar ajratilişi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq issiqxonalarga «yashil» shart bilan ishlash taklif qilingani haqida xabar berilgandi. Ekologik xavfsiz isitish tizimlari bilan jihozlanmagan issiqxonalarga nisbatan esa taqiq saqlanib qoladi.