Noyabr oyida keksalar muzeylarga yarim narxida kirişi mumkin

Özbekistonda joriy yilning noyabr davomida keksa yoşdagi fuqarolar ayrim muzey va tarixiy obidalarga kiriş çiptalarini yarim narxda xarid qila oladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.
Çegirma bir oy amal qiladi
«Keksalar uçun turizm oyligi» doirasida 2026-yil 1 – 30-noyabr kunlari madaniy meros obyektlari, davlat muzeylari va muzey-qöriqxonalarga kiriş uçun 50 foizlik çegirma joriy etiladi.
Taşabbus keksalarning tarixiy obidalar va muzeylarga taşrif buyuriş imkoniyatini kengaytiriş, ularning mazmunli hordiq çiqarişiga şaroit yaratishga qaratilgan.
Vazifa hukumat bayonida belgilangan
Çegirmalarni joriy etiş Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi majlis bayonida nazarda tutilgan. Hujjatning 7-bandida «Keksalar uçun turizm oyligi» doirasida madaniy meros obyektlari va davlat muzeylariga taşrif buyuruvçi keksalar uçun çegirmalar e’lon qiliş vazifasi belgilangan.
Özbekistonda 2026-yil 2 – 8-sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi» ötkazilayotgani haqida xabar berilgandi.